Birinchi varaqqa qaytish

Avtor haqida

Напишите мне

Buni hamma bilishi zarur!!!!

Salom!!! Internet bilan yaxshi tanish bo`lmagan odamlar "vau" bular maktabigayam sayt yaratib qo`yibdi-ku, chamamda maktabida kompyuter sinflari bor, sharoit zo`r, internetga ulangan bo`lsa kerak deb o`ylagan bo`lsangiz kerak. Bizda ham shunaqa sharoit bo`lganda bizning ham qo`limizdan kelardi dersiz? Adashashiz! Bizning maktabimizda bittayam kompyuter yo`q. Elektr toki faqat kechasi soat 19 lar vaqtida bo`ladi va 23 larda o`chadi. O`quvchilarimizning aksariyat qismi haqiqiy kompyuterni hatto ko`rmagan ham. Unda ushbu sayt qanday paydo bo`ldi dersiz? Oddiy matematika o`qituvchisi o`z oylik maoshini 5 oy davomida yig`ib shaxshiy kopmpyuter oldi va o`z hisobidan (albatta direktor qo`llab - quvvatlashi bilan ham) internet kartochka sotib olib 25 k/bit tezlikda internetga chiqib ushbu sayt yaratildi. Biz kompyuter yo`q, elektr yo`q deb qo`l qovushtirib o`tirmadik. Mana intilish o`z mevasini berdi, sayt yaratildi. Albatta saytning kamchiliklari juda ko`p, lekin siz sharoitni hisobga olingda. Suratlarning deyarli hammasi oddiy qo`l telefonida tushirilga. Shuning uchun ham sifati yaxshimas. Lekin kompyuteri bor, internetga ulangan ba''zi maktablarga o`xshab olma pish og`zimga tush deb o`tirmadik.

Хостинг от uCoz